Institut doktorantlari “Andijon InnoWeek–2025” ko‘rgazmasida ishtirok etdilar!

2025-yilning iyul oyi yakunida bo‘lib o‘tgan “Andijon InnoWeek–2025” ilmiy-innovatsion haftaligi doirasida Andijon davlat chet tillari instituti doktorantlari o‘zlarining ilg‘or ilmiy ishlanmalari, startap loyihalari va amaliy innovatsion mahsulotlarini taqdim etdilar.

 Ko‘rgazmada doktorantlarning quyidagi yo‘nalishlardagi ishlanmalari keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi:

Raqamli til o‘rgatish texnologiyalari;

Sun’iy intellekt asosida til kompetensiyasini baholash tizimlari;

Xorijiy til o‘qituvchilarini tayyorlashga yo‘naltirilgan AR/VR mahsulotlar;

Chet tillarida kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi interaktiv platformalar.

 Ushbu ko‘rgazma doktorantlarimiz uchun nafaqat ilmiy izlanishlarini namoyon etish, balki soha mutaxassislari, investorlar va ta’lim texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar bilan muloqot qilish, kelgusida esa hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ham yaratdi.

 “Andijon InnoWeek–2025” doirasidagi faol ishtirok institutimizda ilm-fan va innovatsiyalar uyg‘unligini ta’minlash, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga yo‘naltirilgan ilmiy yondashuvlarni kuchaytirishda yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content