«Yosh gidlar maktabi»da navbatdagi mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi

Andijon davlat chet tillari instituti huzurida tashkil etilgan “Yosh gidlar maktabi” doirasida o‘tkazilayotgan «Yosh gidlarni tayyorlash» qisqa muddatli o‘quv kurslarining navbatdagi mashg‘ulotlari tinglovchilar uchun muhim nazariy bilimlar bilan boyitildi.

Dars davomida ishtirokchilarga:

Gidlik faoliyatining huquqiy va axloqiy asoslari,

Mehmonlar bilan samarali muloqot qilish usullari,

Ekskursiya yoʻnalishlarini tuzish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar
kabi mavzular bo‘yicha nazariy bilimlar yetkazildi.

 Mashg‘ulotlar interaktiv ruhda olib borildi. Tinglovchilar guruhlarga bo‘lingan holda turli amaliy topshiriqlar ustida ishlashdi, shuningdek, o‘z fikr va g‘oyalarini baham ko‘rishdi.

Kurs doirasidagi bunday mashg‘ulotlar yoshlarning turizm sohasidagi nazariy bilimlarini mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish va jamoadagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

 Yangiliklarimizni kuzatib boring. Kurs jarayonlaridan lavhalar sahifalarimizda muntazam yoritib boriladi.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content