“Dolzarb 90 kunlik” doirasida startap loyihalarini shakllantirishga oid o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi

Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida “Startap” loyihalarini tashkil etish bo‘yicha o‘quv kurslari davom etmoqda. Mazkur kurslar doirasida InnoX biznes-inkubator akselerator dasturining 5-mavsum bitiruvchisi, Yoshlar akademiyasi a’zosi Muattaroy Raximberdiyeva tomonidan “Startap loyihalarni shakllantirish va jamoa tashkil qilish” mavzusida oflayn va onlayn formatda dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga startap g‘oyasini aniqlashdan boshlab uni biznes loyihaga aylantirishgacha bo‘lgan bosqichlar, jamoa shakllantirish tamoyillari, bozor tahlili, investorlar bilan ishlash va startapni samarali boshqarish kabi muhim jihatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, M.Raximberdiyeva o‘zi ishlab chiqayotgan innovatsion startap loyihasi haqida ham tinglovchilarga tanishtiruv o‘tkazdi. Mashg‘ulot interaktiv tarzda tashkil etilib, amaliy savol-javoblar bilan yakunlandi hamda ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Mazkur tashabbus yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish, innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash va real loyihalar ustida ishlashga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content