XALQARO HAMKORLIK: XITOYDAGI YETAKCHI TA’LIM MUASSASALARI BILAN YANGI BITIMLAR IMZOLANDI.

 

Andijon davlat chet tillari instituti Xitoyning bir nechta nufuzli taʼlim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik doirasida yangi bitimlarga erishdi. Ayni vaqtda Xitoy xalq respublikasida xizmat safarida boʻlib turgan institutimiz kafedra mudirlari E.Kurbanov hamda M.Xoshimovlar koʻplab OTM rahbarlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Ushbu bitimlarda institutning xalqaro faoliyatini kengaytirish, talabalarga va o‘qituvchilarga yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

 Shanghai International Students University bilan hamkorlik:

Ushbu universitet bilan quyidagi yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi:

 Talaba almashinuvi – Bakalavriat bosqichida 2+2 dasturi asosida talabalar ikki yil O‘zbekistonda va ikki yil Xitoyda tahsil olib, xalqaro diplomga ega bo‘lishlari mumkin.

 Qisqa muddatli til kurslari – Har yili yozgi til lagerlari shaklida tashkil etilib, institutimiz talabalari qisqa muddat davomida Xitoyda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 Onlayn darslar tashkil etish – Har ikki tomon o‘zaro onlayn darslar orqali tajriba almashish, til o‘rgatish metodikalarini baham ko‘rishadi.

O‘qituvchilar malaka oshirish dasturi – Har ikki tomon o‘qituvchilari malaka almashuvi orqali o‘z kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Xitoylik o‘qituvchining institutimizga tashrifi – Xitoy tilini o‘rgatishda katta tajribaga ega mutaxassis bizning institutimizda saboq beradi.

 Xitoylik magistrantlarning institutimizga kelib tahsil olishi – Bu tajriba xalqaro ilmiy almashinuvni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shanghai Publishing and Printing College bilan hamkorlik:

Mazkur kollej bilan quyidagi yo‘nalishlarda kelishuvlarga erishildi:

O‘zaro texnik va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida tajriba almashish;

Talabalar uchun qisqa muddatli amaliyot va kurslar tashkil etish;

 Dizayn, nashriyot va bosma texnologiyalar bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazish.

 Hangzhou International High School (Xanjo Yutsay xalqaro o‘rta maktabi)

Ushbu xalqaro maktab bilan hamkorlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Xalqaro umumiy o‘rta ta’lim sohasida tajriba almashish;

Bo‘lajak abituriyentlar uchun institutimizga yo‘naltirilgan tayyorlov dasturlarini joriy etish;

Til va madaniyat almashuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

Ushbu xalqaro bitimlar institutimizning ta’lim sifati va imkoniyatlarini yangi bosqichga olib chiqadi. Talabalar va o‘qituvchilar uchun ochilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlar xorijiy tajriba asosida professional o‘sishni ta’minlaydi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content