INSTITUT OLIMLARI SAFI KENGAYMOQDA

Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti dekani Pazilov Ma’mirjon Sabirdjanovich bugun – 15.07.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida “Reklama matnlarida soʻz tarkibining kognitiv-pragmatik xususiyatlari” mavzusidagi 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi.

Tadqiqotchi dastlab o‘z ishini ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhim mavzuga bag‘ishlanganini asoslab, tadqiqot ishining mohiyatini ochib berdi va xulosalarini bayon qildi. Dissertant ishning muhokamasi davomida kengash a’zolarining savollariga a’lo darajada javob berdi.

Yig‘ilish yakunida kengash a’zolari dissertatsiya ishini 100 foiz yoqlab ovoz berdilar va Ma’mirjon Pazilov filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content