ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIDA KIRISH IMTIHONLARIGA PUHTA TAYYORGARLIK KOʻRILMOQDA

Mamlakatimizda 2025-2026 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari joriy yilning 14-iyul sanasidan boshlanishi rejalashtirilgan. Ayni kunlarda barcha imtihon oʻtlazilishi rejalashtirilgan manzillarda imtihon jarayonlarini ochiq, shaffof va tartibli oʻtkazish borasida zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Andijon davlat chet tillari institutida ham bu borada qator amaliy ishlar bajarilmoqda. Jumladan, kirish imtihonlarining bir qismi institutning sport zalida oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, bu yerda abituriyentlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Bugun institut rektori Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov imtihon boʻlib oʻtadigan joylarda amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlarini oʻz koʻzi bilan koʻzdan kechirdi. Rektor sport zalida abituriyentlar uchun ajratilgan oʻrindiqlar, texnik vositalar, kuzatuv kameralari, yongʻinga qarshi xavfsizlik vositalari va boshqa muhim jihatlarni sinchiklab koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, imtihon jarayonida abituriyentlar bilan birga kelgan ota-onalar va yaqinlari uchun kutish maskanlari, suv va boshqa zarur sharoitlar ham alohida eʼtiborga olingan.

Tashrif davomida rektor institut masʼul xodimlari bilan yigʻilish oʻtkazib, imtihon jarayonlarini adolatli va oshkora tashkil etish, kuzatuvchilarning vazifalarini aniq belgilash, texnik vositalarning uzluksiz ishlashini taʼminlash boʻyicha kerakli koʻrsatma va tavsiyalarni berdi.

Shu bilan birga, abituriyentlar uchun qulay va xotirjam muhit yaratish, ota-onalarga zarur axborot va xizmatlarni koʻrsatish masalalari ham muhokama qilindi.

Institut jamoasi kirish imtihonlarini yuqori saviyada oʻtkazishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirmoqda.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content