PROFESSOR-OʻQITUVCHILAR UCHUN MAHORAT DARSLARI

Andijon davlat chet tillari institutida Waukesha County Technical College (AQSh) o‘qituvchisi Wendy Kee boshchiligida samarali ta’lim texnologiyalariga bag‘ishlangan navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulot davomida talabalarning darslarga jalb qilinishi, o‘quv faoliyatini faollashtirish, hamkorlikda ishlash hamda ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar tahlil qilindi. Ishtirokchilar amaliy misollar asosida tajriba almashib, guruhli muhokamalar orqali yangi metodlarni o‘zlashtirdilar.

Tadbir yakunida Wendy Keega mazmunli va interaktiv mashg‘ulot uchun minnatdorchilik bildirildi.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Leave a Reply

Skip to content