

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida “Mahallalarda aholi bandligini taʼminlash, daromadini oshirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab bergan vazifalaridan kelib chiqib, viloyat hokimi Sh.Abdurahmonovning topshirig‘iga asosan qizil toifadagi mahallalar aholisiga ko‘maklashish, bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov ham ushbu jarayonda faol ishtirok etib, Buloqboshi tumanida joylashgan xonadonlarda istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashib, ularga «Kambag’allikdan farovon hayot sari» dasturi maqsad va g’oyalari haqida tushunchalar bermoqda. Bundan tashqari oʻnlab xonadonlarga tovuq tarqatib, ularning roʻzgʻorlari but boʻlishiga hissa qoʻshmoqda.