

2025-yil 20-iyun oqshomida Andijon davlat chet tillari instituti tomonidan “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Talabalar yozgi o‘quv oromgohi”ning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yopilish marosimida institut rektori D.A.Rustamov boshchiligidagi rahbariyat vakillari, mas’ullar hamda oromgoh ishtirokchilari qatnashdilar. Rektor Dilshodbek Abduvahidovich kirish soʻzi bilan tadbirni ochib berdi va barcha talabalarga oʻzining samimiy tilaklarini bildirdi.
Shuningdek, marosimda talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, musiqiy va sahnaviy ko‘rinishlar namoyish etilib, kechaga bayramona ruh bag‘ishlandi. Tadbir yakunida esa oʻziga xos mushakbozlik marosimi tashkil qilindi.
Yozgi oromgoh ishtirokchilari ushbu haftalik jarayon davomida nafaqat maroqli dam oldilar, balki muhim hayotiy ko‘nikmalarga ega bo‘lib, do‘stona muhitda bir-birlaridan ilhom oldilar. Yopilish marosimi oromgohda o‘tgan har bir lahzaning unutilmas xotiraga aylanganidan dalolat berdi.