HAR BIR KITOB – YANGI TAJRIBA, YANGI HAYOT

Bugun – 2025-yil 20-iyun kuni Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasidagi navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Institutning Axborot-resurs markazi hamda Roman-german va slavyan tillari fakulteti Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu uchrashuv “Kitobxon talaba” rukni ostida o‘tkazildi.

Tadbirda o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi Said Ahmad qalamiga mansub “Jimjitlik” romani muhokama qilindi. Talabalar asar syujeti, bosh qahramonlarning ichki kechinmalari, asardagi ijtimoiy fikr va ma’naviy xulosalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Muhokama jarayonida ilmiy-pedagogik xodimlar tomonidan roman mazmuni chuqur tahlil qilinib, asarda ifodalangan haqiqatparvarlik, insoniylik, hayot haqiqatlariga bo‘lgan teran nigoh haqida atroflicha tushunchalar berildi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda, ochiq muloqot va samimiy muhitda o‘tdi. U kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, talaba-yoshlarning badiiy tafakkurini kengaytirish, milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Leave a Reply

Skip to content