
2025-yil 12-iyun kuni Andijon davlat chet tillari institutiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Andijon viloyati filiali inspektorlari tashrif buyurdi.
Tashrifdan asosiy maqsad – bitiruvchi-talabalarga davlat xizmatiga kirish tartibi, mavjud ishga joylashish imkoniyatlari, tanlovlarda ishtirok etish shartlari hamda Davlat xizmatlari portalidan foydalanish yo‘riqnomalari haqida batafsil ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida talabalar agentlik vakillari bilan ochiq muloqot olib borishdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va davlat xizmatida faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalar haqida foydali tavsiyalar oldilar.
Mazkur uchrashuv yoshlar bandligini ta’minlash, ularning davlat xizmatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda malakali kadrlar tayyorlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.