EHTIROM BILAN BOSHLANGAN MEHR LAHZASI

Mehr va ehtirom ila: “Anis Team” jamoasi keksalar holidan xabar oldi.

Andijon davlat chet tillari instituti ko‘ngilli talaba-yoshlaridan tashkil topgan “Anis Team” jamoasi ezgu tashabbus bilan Andijon viloyati ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi(sobiq «Saxovat uyi»)da istiqomat qilayotgan nuroniy otaxon va onaxonlar holidan xabar oldilar.

Tashrif davomida yoshlardan iborat jamoa keksalarga mehr-oqibat ko‘rsatib, ularga kichik sovg‘alar taqdim etdilar. Shuningdek, mehmonlar tomonidan she’rlar, qo‘shiqlar va raqslar bilan bezatilgan samimiy bayram tadbiri tashkil etildi. Bu mehrli lahzalar nafaqat onaxon va otaxonlar, balki yoshlar qalbida ham chuqur taassurot qoldirdi.

Keksalar tashrifdan mamnun bo‘lib, yosh avlodning e’tiboridan quvonchda ekanliklarini izhor etdilar. Ular o‘z minnatdorchiliklarini duolar ila bildirib, yoshlarning sog‘-salomat, ezgu yo‘ldan adashmasdan yurmog‘ini tiladilar.

Bu tashrif yana bir bor yoshlarga hayotiy saboq, mehr-oqibat, insoniylik va ehtiromning naqadar muqaddas fazilat ekanini eslatdi.

Leave a Reply

Skip to content