

Andijon davlat chet tillari instituti qayta tashkil etilganligining 3 yilligi munosabati bilan Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasida tashkil etilgan shou dastur doirasida “ASIFL LEAGUE-2025” mini-futbol bo‘yicha muntazam chempionatining yakuniy natijalari e’lon qilindi hamda g‘olib va sovrindor jamoalar tantanali tarzda taqdirlandi.
Mazkur chempionatda jami 16 jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa 15 tadan uchrashuv o‘tkazgan holda umumiy reytingda o‘z o‘rnini belgilab oldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi jamoalar sovrindorlar qatoridan joy oldi:
I o‘rin – “Masters” jamoasi
II o‘rin – “UniMax” jamoasi
III o‘rin – “G‘oliblar” jamoasi
Musobaqa doirasida individual yutuqlari bilan ajralib chiqqan ishtirokchilar ham e’tibordan chetda qolmadi. Xususan:
“Oltin qo‘lqop” sovrini – “G‘oliblar” jamoasi darvozaboni R.Asridinovga;
“Oltin butsa” sovrini – “Masters” jamoasi sardori, chempionat davomida 43 ta gol muallifi A.Ataboyevga topshirildi.
Shuningdek, turnir davomida alohida fidoyilik va mas’uliyat bilan faoliyat olib borgan shaxslarga institut rahbariyati tomonidan maxsus e’tibor qaratildi:
“Rektorning maxsus sovrini” – “G‘oliblar” jamoasi murabbiyi, Ijtimoiy-gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri A.Teshaboyevga,
Maxsus hakamlik sovrini – chempionat bosh hakami A.Ashuraliyevga taqdim etildi.
Mazkur musobaqa institut miqyosida sog‘lom raqobat, sport ruhiyati hamda do‘stona muhitni shakllantirish borasida yana bir muhim qadamlardan biri sifatida tarixda qoldi.