

Andijon davlat chet tillari institutida “Kelajak sari qadam” loyihasi doirasida Respublika ishchi guruhi vakillari bilan institutning bitiruvchi talabalari o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Milliy bank hamda “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyatining mas’ul vakillari, shuningdek, institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuvni Andijon davlat chet tillari nstituti rektori D.A.Rustamov ochib berdi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Jumladan, avvalgi davra suhbatlari davomida institut bitiruvchisi Anvarjonova Dilxumor o‘zining ta’lim yo‘nalishiga mos o‘quv markazi ochish istagini bildirib, bu maqsad uchun 50 million so‘m miqdorida kredit olish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi. Uning loyihasi ijobiy baholanib, bu galgi suhbat davomida ajratilgan kredit summasi topshirildi.
Ushbu uchrashuv yoshlarda tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, ularni amaliy ko‘mak bilan qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.