TALABALAR LIGASI: RESPUBLIKA BOSQICHIGA START BERILDI

Bugun – 18.05.2025-yil kuni Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasida “Talabalar ligasi” doirasida mini futbol va yengil atletika turlari bo‘yicha respublika final bosqichining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Marosimda so‘z olgan rasmiylar musobaqaning asosiy maqsadi, ahamiyati hamda kutilayotgan natijalar haqida to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, ular barcha hududlardan tashrif buyurgan ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilab, sportchilarni halollik va fidoyilik ruhida bellashuv olib borishga chaqirishdi.

Ochilish marosimidan so‘ng dastlabki bahslarga start berildi. Sportchilar turli yo‘nalishlarda o‘zining jismoniy tayyorgarligi va mahoratini namoyon etib, faxrli o‘rinlar uchun kuchli raqobatga kirishmoqda.

Mazkur tadbirda Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori J.Siddikov hamda Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor M.Kurbanovlar boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar va talabalar ham faol ishtirok etdilar.

Ta’kidlash joizki, musobaqalar 22-mayga qadar davom etadi. Shu kungacha sport ishqibozlari ko‘plab murosasiz va hayajonli bahslarning guvohiga aylanishlari kutilmoqda.

Leave a Reply

Skip to content