BUYUK OʻTMISHGA HURMAT, PORLOQ KELAJAKKA POYDEVOR

Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi R. Yaqubjonova rahbarligida Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili yoʻnalishi 1-bosqich 24/05-guruh talabalari Bogʻi shamol dahasida joylashgan tarixiy va ma’naviy ahamiyatga ega maskan — Zahiriddin Muhammad Bobur qabri va muzeyiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalar Bobur Mirzo hayoti, ijodi, ilmiy merosi hamda bobokalonimizning dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishdilar. Muzey eksponatlari orqali Boburning shaxsiy hayoti, harbiy yurishlari, adabiy faoliyati va davlat boshqaruvidagi o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlar olishdi. Shu bilan birga, talabalar Bobur maqbarasi oldida hurmat bajo keltirib, ulug‘ ajdodimiz xotirasiga ehtirom izhor qilishdi.

Mazkur tashrif talabalarda tarixiy xotira, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirish bilan birga, ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga xizmat qildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, bunday tashriflar yoshlar ongida milliy o‘zlikni anglash, buyuk ajdodlarga hurmat ruhini mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidlashdi.

Leave a Reply

Skip to content