

2025-yil 14-may kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Ingliz tili oʻqitishning integrallashgan kursi kafedrasi oʻqituvchisi M.Yaqubova tomonidan Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili yoʻnalishi 3-bosqich talabalari uchun «Chet tili oʻqitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari» fanidan ochiq dars mashgʻuloti tashkil etildi.
«Teaching a Foreign Language through Computer Technologies» mavzusiga bagʻishlangan ushbu ochiq darsda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining chet tilini oʻqitishdagi oʻrni, ularning samarali qoʻllanilishi va interaktiv yondashuvlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Mashg‘ulot davomida dars jarayonida multimedia vositalari, interaktiv platformalar va ta’limiy dasturlardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.
Ochiq dars talabalarning faolligi, guruhli ishlar, fikr almashinuvi hamda muammoli vaziyatlarni tahlil qilish uslublari orqali tashkil etilib, ularning pedagogik va texnologik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Tashkil etilgan ochiq dars jarayonini kafedra professor-o‘qituvchilari ham kuzatib bordilar va uni yuqori baholadilar. Xususan, darsda talabalarning texnologik vositalar yordamida dars loyihalash, interaktiv topshiriqlar tuzish va ulardan foydalanish bo‘yicha bilimlari oshgani qayd etildi.
Mazkur ochiq dars chet tilini zamonaviy yondashuvlar asosida oʻqitishda raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llash borasida muhim amaliy tajriba bo‘ldi.