
Ha, chindan ham ushbu loyiha doirasida uzoq vaqtdan buyon oilasidan, yaqinlaridan biroz uzoqlashgan; ijtimoiy hayotdan, undagi voqeliklardan ozroq chekingan ilm izlanuvchilari uchun biroz chalg’ishlari, oddiy hayot tarziga qaytishlariga katta imkon yaratdi.
Kecha boshlangan loyiha o’zgacha ishtiyoq va taassurotlar bilan davom ettirildi. Andijon-Xonobod yo’nalishidagi turizm manzillariga safar qilgan doktorantlar Andijon davlat chet tillari institutining Xonobod shahridagi Turizm laboratoriyasida jamlanishdi.
U yerda esa ayollar volleybol, erkaklar esa mini-futbol sport turlari bo’yicha kuch sinashdilar. Bundan tashqari osh tanlovi, «Shashlik party» va boshqa qiziqarli mashg’ulotlar tashkil qilinib, ishtirokchilarning vaqtlari unumli, foydali hamda maroqli o’tishi ta’minlandi.