YANGI PROREKTOR JAMOAGA TANISHTIRILDI

Xabaringiz bor, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Siddiqov Jahongir Nosirulloyevich Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.

Bugun – 07.05.2025-yil kuni institut rektori D.A.Rustamov boshchiligida institutning rahbar xodimlari hamda faxriy ustozlarga J.Siddiqov tanishtirildi.

Rektor Dilshodbek Abduvahidovich yangi ish boshlayotgan rahbar-xodimga o’zining samimiy tilaklarini bildirdi va faoliyatiga omad tiladi.

Shundan so’ng Jahongir Nosirulloyevich so’zga chiqib, o’z oldiga qo’ygan reja-maqsadlari bilan ishtirokchilarni tanishtirib o’tdi.

Leave a Reply

Skip to content