

Andijon davlat chet tillari instituti rahbariyati o’ziga xos yangiliklar, tashabbuslar bilan institut hayotini jonli hamda qiziqarli o’tishini ta’minlab kelmoqda.
Bugun – 06.05.2025-yil kuni institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov tashabbusi bilan «Doktorantlar bilan bir kun» loyihasi tashkil qilindi.
Dastlab, kun doktorantlarni kutib olish marosimi bilan boshlandi. Shundan so’ng, tadbirning rasmiy qismini institut rektori D.A.Rustamov ochib berdi va institutning doktorantlardan kutayotgan natijalari, kelajakdagi rejalar haqida so’z yuritdi.
Keyin esa Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor M.Kurbanov so’z olib, loyihani tashkil qilishdan ko’zlangan asosiy maqsad haqida fikr bildirdi.
Loyiha doirasida doktorantlar o’zlarining turli ilmiy, ijodiy, madaniy, ma’rifiy chiqishlari bilan tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo’ldilar.