«INSON XOTIRASI ABADIY» NOMLI BAYRAM TADBIRI BOʻLIB OʻTDI

Bugun – 06.05.2025-yil sanasida  Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 24/05-guruh talabalari ishtirokida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab “Inson xotirasi abadiy” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi R.Yaqubjanova tashabbusi bilan tashkil qilindi.

Tadbir yurt ozodligi va tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimiz, urush va mehnat faxriylarining xotirasini yod etish, ularning jasorat va fidoyiligini e’tirof etish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va insoniy qadriyatlarni yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri E.Kurbanov so‘zga chiqib, tinchlik va osoyishtalikning bebaho ne’mat ekanini ta’kidlab o‘tdi. Tadbir davomida talaba-yoshlar urush yillari haqida sahna ko‘rinishlari, she’rlar va kuy-qo‘shiqlar ijro etishdi. Ayniqsa, “Vatan uchun jon fido” nomli teatr sahnasi barchaga chuqur ta’sir qoldirdi.

Leave a Reply

Skip to content