JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN KURASHAMIZ

2025-yil – “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng ko‘lamli profilaktika tadbirlari doirasida Andijon davlat chet tillari institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Andijon viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi katta mutaxassisi, kapitan Qahramon Madaliyev, Andijon shahar IIOFMB Terrorizmga qarshi kurash bo‘limi katta tezkor vakili, mayor Ulug‘bek O‘tbosarov, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i O’.Rahmonov, institut profilaktika katta inspektori B.Xodjayevlar ishtirok etdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, diniy ekstremistik oqimlarning zararli ta’siridan ogohlantirish, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, shuningdek, huquqiy ong va madaniyatni oshirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘rtasida diniy radikal g‘oyalarga berilib qolish xavfi, internet tarmoqlari orqali tarqalayotgan zararli kontentlar, kiberjinoyatlar va ularning oqibatlari haqida batafsil tushunchalar berildi. Ayniqsa, yoshlarning axborot makonida hushyor bo‘lishi, internetdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qilish muhimligi ta’kidlandi.

Ishtirokchilar real hayotiy misollar asosida jinoyatning ijtimoiy va huquqiy oqibatlari yuzasidan chuqur fikr yuritdilar. Shuningdek, yoshlardan tushgan savollarga atroflicha va asosli javoblar berildi.

Leave a Reply

Skip to content