

Bugun – 01.05.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Ingliz tili oʻqitishning integrallashgan kursi kafedrasiga Germaniyaning Kyoln shahri Nikolausschule Bornheim universitetidan professorlar Birgit Hakenberg va Monika Tillmanns-Caruslar tashrif buyurdilar.
Ushbu tashrif doirasida, germaniyalik mutaxassislar tomonidan kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun bir qator maxsus mahorat darslari tashkil etildi.
Mahorat darslarida ingliz tili oʻqitishning innovatsion metodikalari, metodologik yondashuvlar va tarjimashunoslik sohasidagi ilgʻor tajribalar bilan boʻlishildi. Professorlar o‘z tajribalari bilan hamkorlikda ishlash va o‘quv jarayonida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash zarurligini ta’kidladilar.
Tashrif davomida, mehmonlar Andijon davlat chet tillari instituti bilan yaqindan tanishib, institutning taʼlim jarayonlarini, ilmiy-tadqiqot ishlari va talabalar bilan o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar natijalarini o‘rganishdi. Institutning moddiy-texnik bazasi, kutubxona va ilmiy laboratoriyalarini ko‘zdan kechirdilar, hamda talabalar va o‘qituvchilar bilan interaktiv muloqotda bo‘ldilar.
Germaniyalik professorlar tashrif davomida institutimizning taʼlim sifatiga yuqori baho berib, bu yerda o‘qitish va ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratilganini ta’kidlab o‘tishdi. Tashrif yakunida mehmonlar institutdan iliq taassurotlar bilan ketishdi, va kelajakda yanada yaqin hamkorlikka umid bildirishdi.