

2025-yil 30-aprel kuni Andijon davlat chet tillari instituti Talabalar turar joyida talabalar uchun institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, Yoshlar ittifoqi BT, Besh muhim tashabbus markazi hamlorligida madaniy hordiq sifatida konsert dasturi — «Gitara shou» tashkil etildi.
Konsert dasturida institutning iqtidorli yoshlar o‘zlarining gitara jo‘rligidagi kuy-qo‘shiqlari va sahna chiqishlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi. Dastur davomida milliy va zamonaviy taronalardan iborat kuylar ijro etilib, talabalar davrasida musiqa va san’atga bo‘lgan mehr yanada oshdi.
Tadbir talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning san’atga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda Talabalar turar joyida sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Konsert yakunida faol ishtirokchilar va iqtidorli talabalar institut ma’muriyati tomonidan rag‘batlantirildi.