

Andijon davlat chet tillari institutida 28-aprel — “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan davra suhbati o’tkazildi. Yig‘ilishga institut Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i A.Qipchaqov raislik qildi.
Uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi M.Salieva, institut bosh muhandisi Q.Ballasov, xo‘jalik mudirlari Sh.Mirzaev va Z.Yusupov hamda 100 nafar talaba ishtirok etdi.
Yig‘ilishni A.Qipchaqov ochib berib, soha xodimlarini bayram bilan tabrikladi va institutda mehnatni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari haqida ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng M.Salieva so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilishga oid qonunlar, ularning ahamiyati, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar va mehnat jarayonida yuzaga keladigan salbiy holatlarda ko‘rsatiladigan davlat yordamlari haqida axborot berdi hamda barcha soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
Institut bosh muhandisi Q.Ballasov ham so‘zga chiqib, 28-aprel munosabati bilan mehnat muhofazasi sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni tabrikladi.