INSTITUT DOKTORANTLARI XORIJIY ILMIY STAJIROVKADA

Andijon davlat chet tillari instituti doktorantlari ilmiy stajirovka o‘tash maqsadida Turkiya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Yildiz Texnik Universitetiga tashrif buyurdilar.

Ushbu tashrif universitetlararo akademik hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim sifatini yuksaltirish, ilmiy izlanishlar doirasini kengaytirish va xalqaro tajriba almashinuvi orqali doktorantlarning ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Stajirovka davomida doktorantlar Yildiz Texnik Universitetining ta’lim fakultetiga biriktirilib, mazkur fakultetning yetuk professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqdalar. Dars jarayonlari zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar va fanlararo yondashuv asosida olib borilmoqda.

Ilmiy stajirovkaning asosiy maqsadlaridan biri – metodik tajriba almashinuvi orqali xorijiy til o‘qitishning ilg‘or yondashuvlarini o‘rganish, o‘z dissertatsiya mavzusi doirasida keng qamrovli nazariy  ma’lumotlarga ega bo‘lish, hamda xalqaro standartlarga mos ilmiy maqolalarni tayyorlash va nufuzli jurnallarda chop ettirishdir.

Mazkur ilmiy stajirovka nafaqat ilmiy kompetensiyani mustahkamlashga, balki 🇺🇿O‘zbekiston va 🇹🇷Turkiya o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy aloqalarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda.

Leave a Reply

Skip to content