INSTITUTDA «BESH TASHABBUS BAHORI» FESTIVALI BO’LIB O’TDI

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan besh muhim tashabbus barcha aholi, ayniqsa, yoshlarning har qanday iqtidori va iste’dodini qo’llab-quvvatlash, rivojlantirishga qaratilgan.

Andijon davlat chet tillari institutida vodiy Oliy ta’lim muassasalari orasida yagona «Besh muhim tashabbus markazi» o’z ish faoliyatini olib boradi.

Bugun – 24.04.2025-yil kuni Roman-german va slavyan tillari fakulteti hamda «Besh muhim tashabbus markazi» hamkorligida «Besh tashabbus bahori» festivali o’tkazildi.

Festival doirasida barcha tashabbus yo’nalishlari bo’yicha olib borilayotgan ishlar ko’rgazmasi tashkil qilinib, ularning faoliyati fakultet dekani M.Pazilov hamda markaz rahbari S.No’monjonovlar tomonidan kuzatilib baholandi. Iqtidorli talabalar va ularning ustozlari bilan fikrlar almashilib, kerakli tavsiyalar berildi.

Shundan so’ng «Yosh gitarachilar» klubi a’zolari tomonidan konsert dasturi tomoshabinlar hukmiga havola etildi. Ishtirokchilar yoshlik zavqi madh etilgan kuy-qo’shiqlardan bahramand bo’ldilar.

Leave a Reply

Skip to content