
Piknik — bu ochiq havoda, odatda tabiat qo’ynida (bog’, o’rmon, tog’ etagi, daryo bo’yi va h.k.) dam olish va ovqatlanish maqsadida tashkillashtiriladigan hordiq turi. Piknik ko‘pincha do‘stlar, oila, kursdoshlar yoki sinfdoshlar bilan birga o‘tkaziladi.
Bugun – 22.04.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov tashabbusi bilan yuzdan ortiq talaba-yoshlar uchun «Tabiat bilan hamohang» shiori ostida piknik tashkil qilindi.
Piknikdan quyidagi asosiy maqsadlar ko’zlandi:
Tabiatda dam olish orqali ruhiy va jismoniy sog‘likni yaxshilash;
Institut rahbariyati va talaba-yoshlar o’rtasidagi masofani yo’qotish;
Bir institutda tahsil oluvchi faol talabalar o’rtasidagi do’stona munosabatlarni mustahkamlash;
Yangi joylarni ko’rish, yaxshi xotiralarga ega bo’lish.
Bugun ushbu loyiha doirasida barcha maqsadlarga erishildi. Milliy qo’shiqlar ijro etilib, milliy o’yinlar o’ynaldi – talaba-yoshlar vaqtlarini mazmunli o’tkazdilar.