
Bugun – 22.04.2025-yil sanasida Andijon davlat chet tillari institutida «El-yurt umidi» jamgʻarmasi tomonidan oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy izlanuvchilari uchun «AQSH ning Syracuse universitetida taʼlim olish imkoniyatlari» mavzusida ZOOM platformasi orqali onlayn vebinar tashkil etildi.
Mazkur vebinarda Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi oʻrinbosari D.Umnov, Taʼlim jarayoni tashkil etish boʻlimi boshligʻi N.Abduqodirov hamda institut professor-oʻqituvchilari, doktorantlari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar.