«TABIAT UCHUN BIRLASHAYLIK!»

Tabiat – bu bizning uyimiz. Uni asrash har bir insonning muhim vazifasidir. Daraxtlarni kesmaslik, suvni tejash, chiqindilarni belgilangan joyga tashlash orqali biz tabiatni himoya qilamiz. Toza havo, sof suv va yashil tabiat kelajak avlodlar uchun ham saqlanishi kerak.

Bugun – 22.03.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti hamda O’zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyati partiya tashkiloti hamkorligida «Tabiat uchun birlashaylik!» shiori ostida eko-aksiya tashkil qilindi.

Eko-aksiyani partiya a’zosi, Andijon viloyati Kengashi deputati, Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov ochib berdi va ushbu tadbirdan ko’zlangan maqsad haqida so’z yuritar ekan, barchani ekologik muammolarni bartaraf etish yo’lida birlashishga chorladi.

Shundan so’ng so’z olgan partiya yetakchisi va faollari ham bugungi kunda ekologik muammolarni bartaraf etish uchun hukumat tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to’xtalib o’tdilar.

Leave a Reply

Skip to content