
Andijon davlat chet tillari instituti doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari ilmiy stajirovkasi QS xalqaro reytingida TOP-500talikdagi Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida davom etmoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va xalqaro aloqalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Mirzakarimova, institut doktorantlari Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti akademik mobillik bo‘limiga tashrif buyurib, universitet bilan akademik mobillik, TOEFL iTEP imtihonlarini tashkil etishda hamda Xonobod yozgi lageriga universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarini jalb etish masalalari bo‘yicha kelgusida hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.