MUZEYDAGI AMALIY DARSLAR DAVOM ETMOQDA

Amaliy darslar olib borishning quyidagicha foydali jihatlari mavjud:

Nazariy bilimlarni mustahkamlash – Amaliy mashg‘ulotlar nazariyada o‘rgangan bilimlarni hayotda qanday ishlatilishini ko‘rsatadi. Bu orqali talabalar bilimlarini chuqurroq tushunadi.

Ko‘nikmalarni rivojlantirish – Amaliy darslar talabalar uchun muhim ko‘nikmalarni – masalan, muammo yechish, guruhda ishlash, muloqot qilish kabi qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi.

Ijodkorlikni oshiradi – Amaliy ishlar orqali talabalar yangi g‘oyalarni sinab ko‘rishadi va ijodkor bo‘lishga intilishadi.

Kasbiy tayyorgarlik – Talabalar o‘qish jarayonida amaliy ishlar orqali o‘z kelajak kasbiga yaqinlashadi va real ish sharoitiga moslashadi.

Motivatsiyani oshiradi – Nazariy darslarga nisbatan, amaliy mashg‘ulotlar ko‘proq qiziqarli bo‘lganligi sababli, talabalarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishi ortadi.

Kuni kecha ayni shu maqsadlarni ko’zlagan holda Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi professor-o’qituvchilari S.Azimova hamda B.Umaraliyevalar navbatdagi amaliy dars mashg’ulotlarini Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida tashkil qildilar.

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo’nalishi 2-bosqich talabalari bilan «Muzeyshunoslikka kirish» fanidan tashkil qilingan ushbu amaliy dars davomida talabalar muzeyga tashrif buyurgan mehmonlar, xususan, maktab o’quvchilariga muzeydagi eksponatlarni tanishtirib berdilar.

Leave a Reply

Skip to content