FRANSUZ TILINI RIVOJLANTIRISH YO’LIDA

Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasiga o’zaro hamkorlik doirasida Samarqand fransuz Aliansi direktori Gulnoz Yormatova va fransuz tili mutaxassislari Bernard va Josette Kostnerlar tashrif buyurdilar.

Ular institutimizda fransuz tilini o’qitish jarayoni bilan tanishdilar. Kafedra professor-o’qituvchlari va yo’nalish talabalari bilan uchrashib, suhbatlashdilar.

Talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar. Uchrashuv so’nggida fransuz mehmonlar o’zlarining samimiy tilaklarini izhor qilib, bizning diyorimiz juda yoqqanligini, o’z tilini o’rgatayotgan va o’rganayotganlarga munosabatlarini bildirib o’tdilar va omadlar tiladilar.

Leave a Reply

Skip to content