TALABALAR NIZOM BILAN TANISHTIRILDI

Xabaringiz bor, Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.

Bugun – 18.04.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani K.Karimov tomonidan talaba-yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, unda mazkur nizom bilan talabalar tanishtirilib, grant ajratishning tartibi, shart-sharoitlari, shuningdek, ularni qayta taqsimlash mexanizmlari batafsil bayon qilib berildi.

Uchrashuvga institut O’quv-uslubiy boshqarmasi boshlig’i S.Toshtonov ham taklif qilinib, u ham mazkur tartib 2024–2025-o‘quv yildan boshlab bakalavr va magistratura bosqichlarida o‘qishga kirgan talabalar uchun amal qilishi, barcha talabalarda imkoniyatlar teng ekani, hamma o’z harakatidan kelib chiqib, bu natijaga erisha olishi mumkinligini ta’kidladi.

Leave a Reply

Skip to content