«O’TKAN KUNLAR» – O’ZBEK ADABIYOTINING O’LMAS XAZINASI

Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlarni kitobxonlikka chorlash, kitob o’qish madaniyatini shakllantirish maqsadida kitob o’qish marafoni o’tkazilmoqda.

Bugun – 27.03.2025-yil kuni Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti talabalari uchun fakultet rahbariyati hamda Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirokida «O’tkan kunlar» – o’zbek adabiyotining o’lmas xazinasi» mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Mutaxassislar tomonidan asar g’oyasi, unda ko’tarilgan masalalar, o’zbek adabiyotida tutgan o’rni xususida fikr-mulohazalar berib o’tildi. Talabalar ham o’z taassurotlari bilan o’rtoqlashdilar.

Leave a Reply

Skip to content