



Andijon davlat chet tillari instituti
Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti bitiruvchilari diplom olish marosimiga tantanali ravishda tashrif buyurdilar.
Quvonch, hayajon va unutilmas lahzalarga boy ushbu kun bitiruvchilarning ta’lim yo‘lidagi fidokorona mehnati va erishgan yutuqlarining munosib e’tirofi sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ular bugun hayotlarining yangi bosqichi — kasbiy faoliyat va ulkan imkoniyatlar sari dadil qadam qo‘ymoqdalar.
Barcha bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga yorqin kelajak, kasbiy muvaffaqiyatlar va ulkan zafarlar tilaymiz!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
