

Andijon davlat chet tillari instituti
Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Marosim davomida bitiruvchilarga yillar davomida egallagan bilimlari, fidokorona mehnati va erishgan yutuqlarining munosib e’tirofi sifatida diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Ushbu quvonchli lahzalar ularning hayotida yangi bosqich — kasbiy faoliyat va ulkan marralar sari dadil qadam qo‘yishning ramziga aylandi.
Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi barcha bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak marralar va ezgu maqsadlar ro‘yobini tilaydi.
Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchilar!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati