

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2026–2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar o‘rtasida dastlabki saralash (suhbat) bosqichi tashkil etildi.
Tanlovni tashkil etishdan avval institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori M. Kurbanov talabgor talabalar bilan uchrashib, o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga tanlovning maqsadi, uni tashkil etish tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, talabgorlarga tanlov jarayonida muvaffaqiyat va omad tiladi.
Suhbat jarayonida talabgorlarning O‘zbekiston tarixi hamda ikkinchi xorijiy til fanlari bo‘yicha bilim darajasi og‘zaki sinov shaklida baholandi.
Text box item sample content