

Toshkent shahrida o‘tkazilgan chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” respublika bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Butun turnir davomida «B» guruhida 100 foizlik natija qayd etib, haqiqiy «Gegemonlik» ko‘rsatgan Andijon davlat chet tillari instituti talaba-qizlari finalda ham oxirgi soniyalargacha mardona kurash olib bordilar!
Murosasiz kechgan final bahsida qizlarimiz bor mahorat va irodalarini namoyish etishdi. O‘yin natijasiga ko‘ra, Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi faxrli 2-o‘rinni egallab, turnirning KUMUSH medallariga sazovor bo‘lishdi. Bu natija — institutimiz sport tarixidagi eng yorqin sahifalardan biriga aylandi!
Musobaqaning tantanali yopilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov shaxsan ishtirok etib, qizlarimizning mahoratiga yuqori baho berdi. Vazir jamoamizga:
Respublika II darajali Diplomi;
Kumush medallar;
Va 40 000 000 so‘m miqdoridagi pul mukofoti sertifikatini tantanali ravishda topshirdi!
Garchi finalda omad biroz yetishmagan bo‘lsa-da, qizlarimizning 4 ta o‘yinda 17 ta gol urib, barcha raqiblarini dog‘da qoldirgani ularning haqiqiy «qirolichalar» ekanini isbotladi. Respublika miqyosida 2-o‘rinni egallash — bu Andijon sport maktabining va ADCHTI intellektual salohiyatining amaldagi g‘alabasidir!
Rahmat sizlarga, matonatli qizlar! Siz bizning faxrimiz, bizning g‘oliblarimizsiz! Institutimiz jamoasi va barcha andijonliklar siz bilan faxrlanadi!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
Text box item sample content