

“Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida Andijon davlat chet tillari instituti tomonidan Yangi Andijon massividagi “Ziyolilar bog‘i”da madaniy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Fransiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Ualid Fuk institut rektori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov hamrohligida ishtirok etdi.
Tadbir davomida milliy madaniyat, san’at va qadriyatlarimizni aks ettiruvchi badiiy chiqishlar namoyish etildi. Mehmonlar uchun yoshlar tomonidan tayyorlangan ijodiy dasturlar katta taassurot qoldirdi.
Ushbu madaniy uchrashuv xalqaro do‘stlikni mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida madaniy almashinuvni rivojlantirishga xizmat qildi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati