“TED TALK” LOYIHASI G‘OLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDILAR

Andijon davlat chet tillari institutida «Payshanba — Yoshlar kuni» tadbirlari doirasida yoshlarning intellektual salohiyatini yuzaga chiqaruvchi “TED Talk” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimini loyiha tashabbuskori — Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudirasi D.Satimova ochib berib, final bosqichida mahorat ko‘rsatgan notiq talabalarning erishgan natijalari bilan qutladi. Ta’kidlanganidek, mazkur tanlov talabalarning ingliz tilida o‘z fikrlarini ommaga erkin yetkazib berishlarida muhim mahorat maktabi vazifasini o‘tadi.

Tantanali tadbirda tanlovning mutlaq g‘oliblariga diplom va maxsus pul mukofotlari topshirildi:

​1-o‘rin: P.Mutalipov — 3 million so‘m pul mukofoti;

2-o‘rin: S.Ziyiyiddinova — 2 million so‘m pul mukofoti;
3-o‘rin: I.Maxsumov hamda Sh.Parpiyevalar — 1 million so‘mdan pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, barcha sovrindorlar hamda final bosqichi ishtirokchilariga loyihadagi faol ishtiroki va mahorati uchun maxsus sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu kabi moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tadbirlari oliygohimiz talabalarini yangi marralar sari ilhomlantirishi shubhasiz.

Barcha g‘olib va sovrindorlarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz!

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content