OCHIQ MULOQOT: «RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI»

​»Payshanba — Yoshlar kuni» munosabati bilan Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar va institut rahbariyati o’rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda institut rektori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Boshqaruv samarodorligi agentligi Andijon viloyati filiali rahbari M.Kuldashev ishtirok etdilar.

​Uchrashuv davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi. Xususan, oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, tadbirkorlik va innovatsion loyihalar, shuningdek, institutda ta’lim sifatini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr-mulohazalar almashildi.

Muloqot chog’ida talabalar tomonidan turli mavzularda amaliy takliflar va mulohazalar ham ilgari surildi. Institut rahbariyati har bir fikr-mulohazani diqqat bilan o’rganib chiqish va tegishli choralar ko’rishini bildirdi.

​Tadbir yakunida iqtidorli va faol talabalar institut rektori hamda mehmonlar tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Andijon davlat chet tillari instituti kelgusida ham bunday uchrashuvlarni muntazam o’tkazib borishni rejalashtirgan.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content