

Andijon viloyatining bosh bayrami — Navro‘z sayliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari Yangi Andijon massivi — Bobur shahrida o‘zgacha shukuh bilan davom etmoqda.
Joriy yilning 20-mart sanasida bo‘lib o‘tadigan ushbu ulkan tantanalar oldidan Andijon davlat chet tillari instituti uchun ajratilgan maxsus pavilyonda bayram tadbirlari allaqachon boshlanib ketdi.
Kuni kecha Ingliz tili va adabiyoti fakulteti jamoasi tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy dastur barchaga chinakam bahoriy kayfiyat ulashdi.
Hozirda Yangi Andijon massivida viloyat miqyosidagi bosh bayram sayliga jiddiy tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Institutimiz jamoasi ham ushbu katta tantanada o‘zining munosib ishtiroki va kreativ chiqishlari bilan qatnashish uchun bor imkoniyatlarini safarbar etgan.
Navro‘z sayli barchamizga muborak bo‘lsin! Bobur shahrida uchrashguncha!
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati