

Yangi Andijon shahrida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan “Plogging” ekologik aksiyasi tashkil etildi. Mazkur tadbirda Andijon shahridagi faol volontyor yoshlar keng ishtirok etib, shahar hududlarini tozalash va ekologik muhitni yaxshilashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Ushbu ekologik tashabbusda Andijon davlat chet tillari instituti volontyor talaba-yoshlari ham faol qatnashib, atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlarga munosib hissa qo‘shdilar. Talabalar aksiyada faollik ko‘rsatib, yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini ham olib bordilar.
Bunday tadbirlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, tabiatni asrash g‘oyalarini keng targ‘ib etish hamda jamiyatda ekologik mas’uliyatni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring: