NUFUZLI UNIVERSITETDA TAHSIL OLIB QAYTGAN TALABALAR TAQDIRLANDI

Andijon davlat chet tillari instituti xalqaro aloqalarni mustahkamlash va talabalarning dunyo miqyosida raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishini ta’minlash borasida navbatdagi amaliy natijani qayd etdi.

 ​»Rektor va yoshlar uchrashuvi» doirasida institut rektori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov Singapurning nufuzli Amity Global universitetida bir yil davomida tahsil olib qaytgan 6 nafar iqtidorli talaba bilan maxsus muloqot o‘tkazdi.

 Uchrashuv davomida rektor D.Rustamov talabalarni muvaffaqiyatli yakunlangan o‘quv yili bilan qutlab, ularga Amity Global universitetining xalqaro namunadagi sertifikatlarini tantanali ravishda topshirdi.

​»Bugun qo‘lingizdagi ushbu sertifikatlar nafaqat sizning bilimingiz, balki institutimizning jahon ta’lim maydonidagi nufuzi belgisidir. Singapur tajribasini endi o‘z tengdoshlaringiz bilan baham ko‘rishingiz, olingan bilimlarni amaliyotga tatbiq etishingizni kutib qolamiz,» — deya ta’kidladi institut rektori.

 Andijon davlat chet tillari instituti va Singapurning Amity Global universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari izchil davom etmoqda. Kelgusida yana ko‘plab iqtidorli yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga yuborish bo‘yicha yangi kelishuvlar ko‘zda tutilgan.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content