ADCHTI: 60 YILLIK YUBILEYGA TAYYORGANLIK ISHLARI JADALLASHMOQDA

​Andijon davlat chet tillari institutida tashkil etilganligining 60 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 ​Tadbirni institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori M.Kurbanov olib bordi.

 ​Yig‘ilishda yubiley tadbirlarini yuksak saviyada tashkil etish uchun belgilangan 5 ta asosiy yo‘nalish rahbarlarining shu vaqtgacha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi.

 ​Hisobotlar davomida rejalashtirilgan tadbirlarning bugungi holati, tayyorgarlik jarayonidagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi. Shuningdek, yubiley doirasida o‘tkazilishi mo‘ljallangan ilmiy konferensiyalar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va talaba-yoshlar ishtirokidagi aksiya yuzasidan yangi taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

 ​Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content