

Andijon davlat chet tillari institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan e’lon qilingan “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida sport tadbirlari tashkil etilmoqda.
Mazkur tadbirlar institut rektori Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov boshchiligida yuqori saviyada oʻtkazilib, talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviylik va hamjihatlik ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Xususan, volleybol oʻyini yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishini yanada oshirib, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu bilan birga, yoshlar ongida sog‘lom hayot tarzi va to‘g‘ri tanlov tushunchalarini mustahkamlash maqsadida “Giyohvandlik — umr bahorining o‘g‘risi” mavzusida rasm tanlovi ham tashkil etildi. Ushbu tanlov orqali giyohvandlikning inson hayoti, kelajagi va jamiyatga yetkazadigan salbiy oqibatlari yoshlar nigohi va ijodiy qarashlari orqali yorqin tasvirlandi.
Mazkur rasm tanlovi yoshlarda hushyorlik, mas’uliyat va hayotga ongli munosabatni shakllantirish, zararli illatlarga qarshi murosasiz pozitsiyani mustahkamlashga xizmat qildi.
Shuningdek, mazkur tadbirlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlashda doimiy e’tibor qaratib kelayotgan institut rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildiramiz. Ularning tashabbus va qo‘llovi yoshlar faolligini oshirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati