«YOSHLAR KUNI»: ILMDAN BIZNESGA QADAM

Andijon davlat chet tillari institutida «Payshanba — yoshlar kuni» doirasida o‘tkazilgan uchrashuv nafaqat muloqot, balki yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy natijalar kuni bo‘ldi.

 Institut rektori, professor D.A.Rustamov hamda Milliy bank AJ Andijon viloyati filiali boshqaruvchisi O.To‘xtasinov bitiruvchi bosqich talabalari hamda biznesga qiziquvchi yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdilar. Suhbat davomida bugungi kunda yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar, startap loyihalarni moliyalashtirish va bank xizmatlaridan samarali foydalanish yo‘llari batafsil tushuntirildi.

 Uchrashuvning eng muhim voqeasi sifatida, o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan ikki nafar iqtidorli talabaga kredit sertifikatlari rasmiylashtirildi:

 ​G.Inomjonovaga (Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi) — 600 million so‘m;
 ​O.Tojiddinovaga (Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 4-bosqich talabasi) — 50 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

 Institut rektori D.A.Rustamov ta’kidlaganidek, bunday tashabbuslar talabalarning oliygohdan nafaqat diplom, balki tayyor ish o‘rni va shaxsiy biznesi bilan chiqishlariga xizmat qiladi. Endilikda mazkur talabalar o‘z loyihalarini amalga oshirish orqali tengdoshlarining ham bandligini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content