Bobur shahrida plogging aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Bobur shahrida ekologiyani asrash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida navbatdagi plogging aksiyasi tashkil qilindi.

 Ushbu tadbirda Andijon davlat chet tillari instituti boshlangʻich tashkiloti koordinatorlari ham faol ishtirok etdilar.

 Aksiya davomida ko‘plab yoshlar qatnashib, atrof-muhitni chiqindilardan tozalash orqali ekologik mas’uliyat va jamoaviylik ruhini namoyon etishdi. Tadbir yoshlarning tabiatga bo‘lgan e’tibori va ijtimoiy faolligini yana bir bor ko‘rsatdi.

 Mazkur tashabbus yoshlar orasida toza muhitni asrash, sog‘lom hayot tarziga amal qilish kabi ezgu g‘oyalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Skip to content