SIZDA KELAJAKNI O‘ZGARTIRADIGAN G‘OYA BORMI? “ENG KREATIV G‘OYA” TANLOVI E’LON QILINADI!

Andijon davlat chet tillari instituti talaba-yoshlari diqqatiga! Sizda noodatiy yechim, innovatsion fikr yoki kelajakni o‘zgartira oladigan startap loyiha bormi? Unda ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi start olmoqda.

Institut ichki saralash bosqichi: 2026-yil aprel oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.
​Respublika bosqichi: Ichki tanlovda g‘olib deb topilgan eng yaxshi 3 ta loyiha Respublika komissiyasiga taqdim etiladi.

Kimlar uchun: Institutning bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari;
​Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 23-fevraldan 10-martgacha;
Yo‘nalishlar: Erkin (Innovatsion yechimlar, ijtimoiy va biznes startaplar).

Eng sara loyiha mualliflari:

Munosib miqdordagi pul mukofotlari;
Qimmatbaho sovg‘alar;
Maxsus sertifikatlar va o‘z loyihasini respublika miqyosida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Loyiha yuzasidan savollar bo‘yicha Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga murojaat qilishingiz yoki telegram orqali @adchti_ilmiy1 manziliga yozishingiz mumkin.

​Sizning g‘oyangiz – ertangi muvaffaqiyatimiz poydevori! Shoshiling, kelajakni birga yaratamiz!

Toʻliq nizom bilan bu yerda (https://t.me/ADCHTI_nizomlar/51) tanishishingiz mumkin.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content